» » Shavkat Mirziyoyev: 700 dan ziyod olim chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi

Shavkat Mirziyoyev: 700 dan ziyod olim chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yil nomi — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.

Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.

Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.

Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют