» » OAV: AQSh Rossiya bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish bo‘yicha aloqalarni to‘xtatmaydi

OAV: AQSh Rossiya bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish bo‘yicha aloqalarni to‘xtatmaydi


AQSh va Rossiya Suriyada ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olishga qaratilgan aloqalarni to‘xtatmaydi. Bu haqda Reuters manbasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Manbaga ko‘ra, “Vashington Moskvadan aloqalar kuchda qolishi tasdig‘ini olgan”.

Associated Press agentligining Amerika qurolli kuchlaridagi yuqori martabali manbasi ham tomonlar to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha shoshilinch aloqa kanallarini saqlab qolganini bildirdi. AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili Edrian Rankin-Gellouey vazirlik mazkur kanal yordamidagi “muloqotdan umidini uzmagani”ni ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Rossiya mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov aloqalar saqlab qolingani haqidagi xabarlar “mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi”ni ta’kidladi.

Uning aytishicha, 7-aprel kuni AQShning Moskvadagi elchixonasi harbiy attashesiga Rossiya tomonidan tegishli majburiyatlarning bajarilishi 8-aprel, shanba kuni tundan boshlab to‘xtatilishi haqidagi nota topshirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют