» » Venesuela rasmiylari muxolifat yetakchisiga 15 yil davomida davlat organlarida lavozim egallashni man etdi

Venesuela rasmiylari muxolifat yetakchisiga 15 yil davomida davlat organlarida lavozim egallashni man etdi


Venesuela rasmiylari mahalliy muxolifat yetakchilaridan biri Enrike Kaprilesga 15 yil davomida siyosiy organlarda lavozim egallashni man etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq Kapriles Twitter’dagi sahifasida saylovlarda ishtirok etishga bo‘lgan siyosiy huquqdan 15 yilga mahrum etilganini ma’lum qilgandi.

Enrike Kapriles Miranda shtati gubernatori lavozimida ishlab kelmoqda. Mazkur qaror uning mansabdorlik faoliyatiga ta’sir o‘tkazishi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Venesueladagi oxirgi prezidentlik saylovlarida aynan Kapriles Nikolas Maduroga raqiblik qilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют