» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hukumati tarkibini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hukumati tarkibini tasdiqladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar, juma kuni Vazirlar Mahkamasining a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston hukumati 20-yanvar, dushanba kuni bosh vazir boshchiligida yangi saylangan parlament oldida o‘z vakolatlarini topshirgan edi. Yuqori va quyi palatalarning 21-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida mamlakat bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov qaytadan tasdiqlandi. Qonunchilik palatasi 22-yanvar, chorshanba kuni hukumat a’zolari nomzodlarini ma’qulladi.

Hukumatda uchta lavozim vakant bo‘lib qolmoqda. Bular — investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari (avval bu lavozimni amaldagi transport vaziri Elyor G‘aniyev egallab turgan edi),  ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, favqulodda vaziyatlar vaziri.

Vazirlar Mahkamasi tarkibi

Rahbariyat

Vazirlar

Davlat qo‘mitalari rahbarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют