» » Xitoyda koronavirus bilan zararlangan birinchi bemor davolandi

Xitoyda koronavirus bilan zararlangan birinchi bemor davolandi


Xitoyda koronavirus bilan zararlangan birinchi bemor ayol davolandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, doimiy ravishda Uxan shahrida yashagan 56 yoshli bemor ayol 15-yanvar, chorshanba kuni Shanxaydagi kasalxonaga yotqizilgan. Unga koronavirus sababli yuzaga kelgan pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

So‘nggi olti kunda ayolning nafas olish tizimi yaxshilangan, yallig‘lanish belgilari yo‘q bo‘lgan, yangi koronavirusning nuklein kislotasiga nisbatan ikkita tekshiruvi salbiy natija bergan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda tarqalgan koronavirusdan 25 kishi vafot etdi, 800 dan ortiq kishi virus bilan zararlandi. Xitoyning Xunbey provinsiyasida 13 ta shahar, jumladan, koronavirusning tarqalish markazi bo‘lgan Uxan shahri ham yopilgan. Pekinda favqulodda holatga qarshilik ko‘rsatishning eng yuqori darajasi e’lon qilingan. Xitoydan tashqari, virus bilan kasallanish holatlari AQSh, Yaponiya, Tailand, Janubiy Koreyada ham qayd etilgan.

Mavzuga doir: Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют