» » Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarni davolayotgan shifokorning o‘zi kasallanib, vafot etdi

Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarni davolayotgan shifokorning o‘zi kasallanib, vafot etdi


Xitoyning Uxan shahridagi Sinxua kasalxonasining jarrohi Lyan Udun vafot etdi. “Kommersant”ning South China Morning Post’ga tayanib xabar berishicha, 62 yoshli erkakning vafotiga yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi sabab bo‘lgan.

Tasdiqlangan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan 41 kishi vafot etdi, 1287 nafari virus yuqtirib oldi. Avstraliya va Malayziyada birinchi marta kasallanish holati qayd etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokorda virus bilan zararlanishning dastlabki belgilari 16-yanvarda paydo bo‘lgan, 18-yanvar kuni kasalxonaga yotqizilgan. Koronavirus yuqtirib olgan shifokorlar soni rasman e’lon qilingan raqamlardan ham ko‘proq ekanligi aytilmoqda.

Xitoyning “thepaper.cn” nashri Pekinda koronavirus bilan zararlangan ikki bemor davolanib, kasalxonadan chiqqanini ma’lum qilgan. Uxan shahrida ham koronavirusdan yuzaga kelgan pnevmoniya sababli 15-yanvarda Shanxaydagi kasalxonaga yotqizilgan 56 yoshli bemor ayol kasallikdan davolangan edi. So‘nggi 6 kunda ayolning nafas olish tizimi yaxshilangan, yallig‘lanish belgilari yo‘q bo‘lgan, yangi koronavirusning nuklein kislotasiga nisbatan ikkita tekshiruvi salbiy natija bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют