» » Pentagon: Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga bergan raketa zarbalari oqibatida 34 nafar amerikalik jarohat olgan

Pentagon: Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga bergan raketa zarbalari oqibatida 34 nafar amerikalik jarohat olgan


Eronning 8-yanvar, chorshanba kuni AQShning Iroqdagi Asad va Erbilda joylashgan ikkita harbiy bazasiga bergan raketa zarbasi oqibatida 34 nafar amerikalik harbiy jarohatlangan, deb xabar bermoqda Reuters Pentagonga tayanib.

“Kommersant”ning yozishicha, dastavval AQSh hukumati 8-yanvar kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida hech kim jarohat olmagani va halok bo‘lmaganini ta’kidlagan edi. O‘tgan haftada esa AQSh Mudofaa vazirligi 11 nafar jarohatlangan haqida ma’lum qilgan.

Pentagon rasmiy vakili Jonatan Hoffmanning ma’lum qilishicha, 34 nafar amerikalik harbiyga bosh miya shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Ularning 17 nafari davolanish uchun Gemaniyaga yuborilgan bo‘lib, shulardan 8 nafari Amerikaga qaytib kelgan, yana 9 nafari hali ham davolanishda davom etmoqda. Qolgan 17 nafar harbiy Iroqda davolangan va xizmatga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgandi. Bunga eronlik nufuzli general Qosim Sulaymoniyning Tramp buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilishi sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют