» » Spot robot-iti “Afsonalar buzg‘unchisi”ning qo‘liga tushdi. U endi bechora it ustida bir yil tajriba o‘tkazadi

Spot robot-iti “Afsonalar buzg‘unchisi”ning qo‘liga tushdi. U endi bechora it ustida bir yil tajriba o‘tkazadi


Spot robot-iti muhandis, maxsus effektlar bo‘yicha mutaxassis va “Afsonalar buzg‘unchi” ko‘rsatuvi boshlovchisi Adam Sevij tomonidan bir yil davomida tajribadan o‘tkaziladi. Avvalroq muhandis angliyalik ixtirochi Richard Brauning bilan Temir odam kostyumining ishchi talqinini yasagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sevij Spot robot-itining rivojlanishi uchun mas’ul bo‘ladi. Bir yil davomida muhandis robot uchun dastur yozishi va ochiq maydonlardagi sinovlarini o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Sevij birinchi tajriba uchun robot itni to‘siqlar maydoniga qo‘ydi va toshli tepalikka chiqishga majbur qildi. Tajriba oxirida esa ular sayr qildi.

Avval SpotMini deb atalgan robot ustida ko‘plab tajribalar amalga oshirilgan. Uning mexanik oyoqlari ostida banan po‘choqlari tashlab ko‘rilgan, u Jastin Timberleyk qo‘shig‘iga raqsga tushgan. Kunlarning birida Spot robot-iti sahnadan yiqilib ketgan, hech kim uning turishiga yordam bermagan. Faqat dunyoning eng boy odami Jeff Bezos u bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют