» » Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 19-turi doirasida 25-yanvar, shanba kuni 6 ta uchrashuv yakunlandi.

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Shalke-04”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “qizillar” vakillari Robert Levandovski (6), Tomas Myuller (45), Leon Goretska (50), Tiago Alkantara (58) hamda Serj Gnabri (89) birik-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa myunxenliklar “Shalke” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 39 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Shalke” esa 33 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.

Bundesliga

19-tur bahslari

25-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 — 11 Kvayson, 1:1 — 24 Plea, 2:1 — 76 Plea, 3:1 — 88 Noyxaus

Gollar: 1:0 — 68 Mexmedi, 1:1 — 74 Torunariga, 1:2 — 90 Lukebakio

Gollar: 1:0 — 48 Ture, 2:0 — 90 Kostich

Gollar: 0:1 — 48 Antvi-Ajey, 0:2 — 84, penalti Sabiri

Gollar: 1:0 — 47 Subotich, 2:0 — 61 Ingvartsen

Gollar: 1:0 — 6 Levandovski, 2:0 — 45 Myuller, 3:0 — 50 Goretska, 4:0 — 58 Alkantara, 5:0 — 89 Gnabri

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют