» » Olmaota aeroportida Xitoydan uchib kelgan samolyot bortidagi koronavirus yuqtirgan “bemor” kutib olindi

Olmaota aeroportida Xitoydan uchib kelgan samolyot bortidagi koronavirus yuqtirgan “bemor” kutib olindi


Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya avj olgani sababli Qozog‘istonda sanitar nazorati choralari kuchaytirildi. Olmaota aeroportida Xitoydan uchib kelgan samolyotdagi “bemor”ni kutib olish bo‘yicha sahnalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda “Informburo.kz” xabar bermoqda.

Hozirda Olmaota xalqaro aeroportiga Xitoydan kuniga 2-3 ta samolyot kelib qo‘nmoqda. Hafta mobaynida aviakompaniyalar 18 ta reysni amalga oshiradi. 4 ta aviakompaniya— Air Astana, Scat, Hainan Airlines va China Southern Airlines samolyotlari har ikkala tomonga parvozni amalga oshiradi.

2020-yilning 1-yanvaridan buyon Xitoydan Qozog‘istonga 7863 nafar yo‘lovchi kelgan va 4365 kishi uchib ketgan.

Xitoyda yangi koronavirus turidan zararlangan va vafot etgan bemorlar soni jadal ortib bormoqda. Boshqa mamlakatlarda ham Xitoyga kelib, bu kasallikni yuqtirib ketgan fuqarolar qayd etilmoqda.

Shu sababli Olmaota aeroportida samolyotda koronavirus gumon qilingan bemor aniqlanganda bunga tezkorlik bilan munosabat bildirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Bunday vaziyatda samolyot ekipaji, aeroport xizmatchilari, tibbiyot xodimlari, sayyohlar va jamoat transporti haydovchilari xavf guruhiga kiradi.

Mashg‘ulotni Transportda tovar va xizmatlar xavfsizligi sifatini nazorat qilish departamenti Olmaota aeroporti sanitar-karantin punkti bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Ssenariy bo‘yicha dispetcherga Xitoydan kelib qo‘ngan samolyot bortida koronavirusdan zararlangan bemor borligi ma’lum qilindi. Uning harorati balandligi, yo‘tal tutayotgani va ahvoli yomonligi aytildi. Samolyot bortida yana 150 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi ham bor edi.

Maxsus avtotransport xizmati samolyotni sanitar qo‘nish maydoniga kuzatib keldi. Politsiya terminaldan kirish va chiqish joylarini qurshab oldi, chegara va bojxona nazorati to‘xtatildi. Samolyot bortiga maxsus himoya kiyimidagi sanitar-karantin nazorati mutaxassislari va aeroport tibbiyot xodimlari chiqdi. Ular qo‘l teplovizori bilan barcha yo‘lovchilarning tana haroratini o‘lchab ko‘rdi. Shu vaqtning o‘zida yukxonalar hasharot yoki kemiruvchilar bor-yo‘qligiga tekshirildi.

Shundan keyin yo‘lovchilar trap orqali samolyotdan avtobusga, so‘ng qo‘nish zaliga olib kelindi. Aerodromda ularning hujjatlari buyumlar bilan bevosita kontaktning oldini olish uchun portativ uskuna yordamida tekshirildi.

Bortga shifokor chiqdi va u ko‘rikdan so‘ng dastlabki tashxisni qo‘ydi: koronavirusga gumon. “Bemor” kapsulada Olmaota shifoxonasiga olib kelindi.

Bu vaqtda aeroportda havo kemasining yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Yo‘lovchilar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘nish zalida ularning pasportlari tekshirildi. Ularga o‘z salomatligini kuzatib borish, birinchi alomatlardayoq zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya etildi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning kasallik avj olgan Uxan shahrida qozog‘istonlik 98 nafar talaba bo‘lib turibdi. Ular orasida virus yuqtirganlar yo‘qligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют