» » Nur-Sulton shahrida sovuq ob-havo tufayli maktab va kollejlardagi darslar bekor qilindi

Nur-Sulton shahrida sovuq ob-havo tufayli maktab va kollejlardagi darslar bekor qilindi


Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida birinchi smenada o‘qiydigan 0 — 11 sinf maktab o‘quvchilari hamda 1—2-kurslarda tahsil oladigan kollej talabalari uchun darslar qoldirildi. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib “Regnum” xabar berdi.

Ayrim maktablarda ikkinchi smenada o‘qiydigan 1—2-kurs kollej talabalari hamda barcha sinfdagi maktab o‘quvchilarining mashg‘ulotlari bekor qilingan. Darslarning qoldirilishi ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog‘liq.

Nur-Sulton favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga yaqin bir necha kun ichida havo harorati -28 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

Semipalatinsk ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar maktablarida birinchi smenada o‘qiydigan 1—9-sinf o‘quvchilarining ham darslari bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют