» » Xitoyda koronavirus tufayli yovvoyi hayvonlar savdosi taqiqlandi

Xitoyda koronavirus tufayli yovvoyi hayvonlar savdosi taqiqlandi


Xitoy rasmiylari mamlakatda yangi turdagi koronavirus avj olgani sababli yovvoyi hayvonlar savdosi va tashilishini man qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mamlakatda yovvoyi hayvonlar ko‘paytiriladigan barcha joylarni ihotalash talab qilingan va ularni olib chiqish, tashish va sotishga taqiq joriy etilgan.

Xususan, qishloq bozorlari, umumiy ovqatlanish muassasalarida va elektron tijorat platformalarida yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishning barcha turdagi shakllariga qat’iy to‘siq qo‘yilgan.

Rasmiylar iste’molchilarni yovvoyi hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish sog‘liqqa tahdid solishi haqida ogohlantirgan va sog‘lom ovqatlanishni tavsiya qilgan.

“Jenmin jibao” gazetasiga ko‘ra, xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus Chjeszyan provinsiyasidagi Chjoushan shahrida yashovchi ko‘rshapalaklar organizmidagi koronavirusga 90 foiz o‘xshashligini aniqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют