» » OCh—2020. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi

OCh—2020. Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi


Tailand mezbonligida o‘tgan 23 yoshlgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati—2020 musobaqasining final uchrashuvi 26-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahsda Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning asosiy vaqti nursiz durang bilan yakun topdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida Janubiy Koreya futbolchisi Chon Te Vuk o‘yindagi yagona golni urgan holda jamoasiga chempionlikni olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Avstraliyaga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston olimpiyachilari Janubiy Koreyaga guruh bosqichida imkoniyatni boy bergandi (1:2). Shuningdek, Lyubinko Drulovich shogirdlari yarim final bahsida Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ygandi (0:1).

OCh—2020 U-23

Final

26-yanvar, yakshanba

Gol: 1:0 — 113 Chon Te Vuk



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют