» » TIV Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

TIV Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi


O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 25-yanvar, shanba kuni koronavirus tarqalishi sababli, Xitoy hukumati mamlakatning 1,2 milliard kishi istiqomat qiladigan 25 ta provinsiyasi, markazga bo‘ysunadigan shaharlari va maxsus ma’muriy hududlarida sog‘liqni saqlash bo‘yicha eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyatni joriy etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.

“Xubey provinsiyasining 15 dan ortiq shaharlarida maxsus karantin choralari joriy etilgan: transport vaqtincha to‘xtatilgan, vokzallar va aeroportlar ishlamayapti. Pekin shahrida 30 dan ortiq kishi ushbu kasallikni yuqtirgan bo‘lib, u yerda aksar diqqatga sazovor joylar, teatrlar, muzeylar, shu jumladan, taqiqlangan shahar yopilgan”, – deyiladi xabarda.

Elchixona Xitoyda bo‘lib turgan yoki mamlakatga turizm va boshqa maqsadlar uchun tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga barcha xavf-xatarlarni inobatga olish va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qiladi.

Elchixona yanvar oyida Uxandan Vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat’iy tavsiya qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242 Bobur Yahyoyev, +86 139 1175-4476 Shuhrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulug‘bekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Mavzuga doir: 

25-yanvar, shanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Vatanga qaytarilishini ma’lum qilgan. Undan avval Xitoyda bo‘lib turgan va u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgan, so‘ngra SSV chegarada sanitar nazorat kuchaytirilganini bildirgan,  TIV fuqarolarni xavfli o‘tkir respirator virus yuqtirish xavfidan yana ogohlantirgan,  Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-yanvar, payshanba kuni o‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘qligini xabar qilgan. 24-yanvar, juma kuni TIV koronavirus tarqalgan Xitoyning Uxan shahrida 30 nafar o‘zbekistonlik borligi va ularning aksariyati talabalar ekani haqida ma’lumot bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют