» » Qashqadaryoda mol o‘g‘riligida gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Qashqadaryoda mol o‘g‘riligida gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22-yanvar, chorshanba kuni yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan. 23-yanvar, payshanba kuni esa IIBdan murdasi chiqqan. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan marhumning yaqinlariga ko‘ra, A.Yu. IIB xodimlarining kaltaklashi oqibatida vafot etgan.

Marhum yaqinlaridan Bahodir Xoliqovning aytishicha, marhum A.Yu. Langar qishlog‘ida o‘g‘irlanayotgan chorva mollari o‘g‘riligida gumon qilingan.

— 22 yanvar kuni soat chamasi 17:30 larda marhumning uyiga borgan IIB xodimlari uni tuman IIBga olib ketgan, — deydi Bahodir Xoliqov. — Ertasi kuni esa uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonov ukasini olib ketgan xodimlar 4 nafar kishi bo‘lganini, ammo ukasi nima sababdan olib ketilayotganini aytishmaganini bildirdi.

— 4 nafar IIB xodimi uyga keldi, — deydi Shuhrat Abdurahmonov. — Ularning 3 nafar formada edi, bir nafari esa fuqaro kiyimidagi xodim edi. “Mahalla idorasiga olib boramiz”, deyishdi. 23-yanvar kuni soat 11:00 da esa mahalla raisi Usmon Abdurahmonov kelib, ukam IIBda vafot etganini aytdi.

Qarindoshlarning ta’kidlashicha, marhum mol bozorida chorva mollari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.

Shuhrat Abdurahmonovning aytishicha, Langar qishlog‘iga borgan prokuratura vakillari marhumni IIB xodimlari urib o‘ldirganini aytib, 2 nafar xodim qo‘lga olinganini ta’kidlagan.

Qashqadaryo IIB axborot xizmati “Daryo” muxbirining mazkur holat bo‘yicha so‘roviga javoban holat o‘rganilayotganini, ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar, payshanba kuni viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chiroqchi tuman IIB rahbari Fazliddin Yusupov tumanning Langar qishlog‘idagi mol o‘g‘riligida gumon qilinganlar to‘dasi qo‘lga olinganini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют