» » “Futbol atom urushiga o‘xshaydi”, “Makelele futbolchi emas, u — qul”. Joze Mourinyoning eng mashhur iqtiboslari

“Futbol atom urushiga o‘xshaydi”, “Makelele futbolchi emas, u — qul”. Joze Mourinyoning eng mashhur iqtiboslari


XXI asr futbolida o‘ziga xos nom qozongan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo 26-yanvar kuni 57 yoshga to‘ldi. Nafaqat o‘yin uslubi, qo‘lga kiritgan sovrinlari bilan dunyo futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Special One matbuot anjumanlaridagi chiqishlari bilan ham tillarda doston bo‘lgan. Biz esa uning eng mashhur iqtiboslarini bir sahifaga jamlashga harakat qildik.

Roman Abramovich bilan vakolatlarini almashish haqida

Agar Roman Abramovich menga murabbiylik qilishda yordam berganida, biz hozir musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida bo‘lardik. Bordiyu, men uning biznes dunyosida ishlaganimda, biz aniq kasodga uchrar edik.

“Real”dagi debyut o‘yinida qayd etilgan durang haqida

Men murabbiyman, Garri Poter emas. U sehrgar, ammo real hayotda sehrga o‘rin yo‘q. Sehr — afsona, futbol esa reallik.

Faoliyatidagi yangi chaqiruvlarga nisbatan munosabati haqida

Agar yengil ish izlaganimda “Portu”da qolgan bo‘lardim. Havorang ajoyib o‘rindiq, Chempionlar Ligasi Kubogi, Xudo, undan keyin esa men.

“Chelsi” bilan muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi haqida

Men kalandimog‘ deb hisoblamang. Ammo Chempionlar Ligasini yutganman va men o‘zgachaman.

“Barselona”ga qarshi bahsda Messining yiqilishidan so‘ng “Chelsi” himoyachisi Asyer del Ornoning chetlatilgani haqida

Katalon tilida “simulyant” so‘zini qanday yangraydi? Barselona — ko‘plab katta teatrlarga ega madaniyatli shahar. Messi esa u yerda ko‘p narsani o‘rganibdi. Ayniqsa aktyorlik mahoratini yaxshi o‘zlashtirgan.

Yoxan Kroyfning Jozeni haddan ortiq pragmatizmda ayblashi haqida

U meni Chempionlar Ligasi finalida 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lishga o‘rgatishini xohlamayman.

“Real”ga o‘tgani haqida

Men Joze Mourinyoman va hech qachon o‘zgarmayman. Bu yerga aslida qanday bo‘lsam shunday, o‘zimga xos sifatlarim va kamchiliklarim bilan keldim.

“Real” bilan “Barselona”ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final bahsiga tayyorgarliklar haqida

10 nafar futbolchini shug‘ullantirishim kerak. Gap shundaki, “Chelsi” bilan vaqtida “Barselona”ga qarshi bahsni 10 kishi bo‘lib yakunlaganman. “Inter” bilan ham xuddi shunday bo‘lgan. Bu yana takrorlanishi mumkin. Shunday ekan, 10 kishi bo‘lib o‘ynashni o‘rganib olishimiz kerak.

Til o‘rganish borasida o‘zi va “Yuventus”ning o‘sha vaqtdagi (2007—2009-yillar) murabbiyi Klaudio Ranyeri haqidagi fikrlari

Oylar davomida kuniga besh soatdan vaqt sarflab “Inter” futbolchilari, mahalliy muxlislar va jurnalistlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish uchun italyan tilini o‘rgandim. Ranyeri esa Angliyada besh yil ishladi, ammo haligacha ingliz tilida “Xayrli kun” (Good afternoon) ham deb ayta olmaydi.

Mavzuga doir: Joze Mourinyoning “Tottenhem”da “asal” bo‘lmagan 3 oyi haqida

Xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Klod Makelelening Fransiya terma jamoasiga chaqirilgani haqida

Endi men bilaman: Makelele futbolchi emas, u — qul. Unda tanlov erkinligi yo‘q. Fransiya bosh murabbiyi agar Klod terma jamoa uchun o‘ynay olmas ekan, klub uchun ham o‘ynamaydi dedi. Qoidalar shunday ekan. Makeleleda esa tanlov huquqi yo‘q.

Siyosat haqida

Siz rostdan ham mening siyosat haqidagi qarashlarimni bilmoqchimisiz? Shunday javob beraman: men 4-3-3 sxemasiga bosh egaman.

O‘ziga kerak bo‘ladigan o‘yinchi haqida

Menga ajoyib xarakterga ega futbolchi kerak emas. Bu men farzandlarimda ko‘rishni xohlagan sifat, xolos. Menga to‘pni darvoza to‘riga yo‘llay oladigan o‘yinchi kerak.

Dunyoning eng yaxshi murabbiyi haqida

Men dunyoning eng yaxshi murabbiyi emasman. Biroq mendan-da yaxshiroq kimdir bor deb o‘ylamayman.

Futbol haqida

Futbol atom urushiga o‘xshaydi. Bu yerda g‘oliblar yo‘q, faqat tirik qolish uchun kurashayotganlar bor.

Eshitish haqida

Aqlli odamni tinglashni istagan zahotim — men gapirishni boshlayman.

Mag‘lubiyat haqida

Besh marta 0:1 hisobida yutqazgandan ko‘ra, bir marta 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan yaxshi.

Mavzuga doir: Benazir. “Real”ga ustozlik qilgan, undan oldin esa “Barselona”da tarjimon bo‘lgan Joze Mourinyo haqida

Joze Mourinyoning jamoaviy sovrinlari ro‘yxati:

“Portu”

Chelsi”

“Inter”

“Real Madrid”

“Manchester Yunayted”

Asror Abdunazarov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют