» » AQShning Iroqdagi elchixonasiga uchta raketa kelib urildi

AQShning Iroqdagi elchixonasiga uchta raketa kelib urildi


AQShning xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan “yashil hudud”da joylashgan Iroqdagi elchixonasiga uchta raketa kelib urildi. Bu haqda, xavfchsizik xizmatiga asoslanib, Agence France-Presse agentligi xabar berdi. Raketalardan biri elchixona hududidagi restoranga kelib urilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jami beshta raketa uchirilgan. AFP’ning xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi jabrlangan; “Al-Sumariya” telekanali esa to‘rt kishi tan jarohati olgani haqida yozmoqda. Telekanal manbasining qo‘shimcha qilishicha, elchixona xodimlari vertolyotlarda evakuatsiya qilinmoqda.

Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy raketa zarbalarini qoralab, buni “tajovuz” deb atadi. Bosh vazir bayonotida qayd etilishicha, u “Amerika elchixonasiga zarba berganlarni izlab topishm va jazolash haqida ko‘rsatma bergan”.

AQSh Davlat departamenti esa Iroqni Amerika diplomatik obyektlarni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga chaqirgan. Departament vakilining qayd etishicha, 2019-yil sentabridan beri “Iroqda Eron tomonidan va Eron qo‘llab-quvvatlaydigan tuzilmalar tomonidan” AQSh harbiylari va diplomatlariga 14 ta hujum uyushtirilgan.

Bu Iroqdagi “yashil hudud”ga birinchi marta raketa zarbasi berilishi emas. 21 va 26-yanvar kunlari ham AQSh elchixonasiga yaqiniga raketalar qulagan edi. Bungacha esa Amerika qo‘shinlari joylashgan Iroqdagi Balad bazasiga yettita minomyot snaryadlari kelib tushgan, oqibatda to‘rt nafar iroqlari askar tan jarohati olgandi.

Qayd etish joiz, Iroqdagi vaziyat Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy AQSh prezidenti Donald Tramp topshirig‘iga asosan o‘ldirilganidan so‘ng keskinlashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют