» » Fransiya koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishga qaror qildi

Fransiya koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishga qaror qildi


Fransiya hukumati xohish bildirgan barcha fuqarolarini Xitoyning Uxan shahridan qaytarishga qaror qildi. Bu haqda, Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi koronavirus epidemiyasi sabab, Uxan shahriga kirish va undan chiqish hozircha taqiqlangan, shahar karantin ostida.

“Fransiya bosh vaziri shunday xohish bildirgan barcha fransuzlarni Uxandan Fransiyaga qaytarish haqida qaror qabul qildi. Ular, Xitoy rasmiylari bilan kelishilgan holda, hafta o‘rtalarida qaytariladi”, — deyiladi xabarda.

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Anyes Buzenning qo‘shimcha qilishicha, Xitoydan “qaytarilgan fuqarolar 14 kun mobaynida nazorat ostida bo‘ladi”.

Ma’lumot uchun, Uxan shahrida 30 nafardan 60 nafargacha o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin, ularning aksariyati talabalardir. Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi karantin e’lon qilingan Uxan shahridan chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaatlarga Xitoy rasmiylari rad javobini berayotganini ma’lum qilgan edi.

“Karantin kiritilganidan so‘ng boshqa davlatning elchixonalari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyilgandi TIV axborotida. O‘z navbatida, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘ragan edi.

Mavzuga doir: “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”

Bungacha esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Uxandagi o‘zbekistonlik talabalar “albatta olib kelinishi”, bu borada Xitoy rasmiylari bilan ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar kuni esa Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi qaytarilgani ma’lum bo‘ldi — ular Toshkent aeroportining o‘zida jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni Xitoyning o‘zida 2744 kishiga yetgan, 80 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют