» » Nissan Nyu-Yorkdagi avtoshouga “O‘lim yulduzi”ni olib keladi

Nissan Nyu-Yorkdagi avtoshouga “O‘lim yulduzi”ni olib keladi


Nissan kompaniyasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan avtoshouda namoyish etadigan stendlari haqida ma’lum qildi. Kompaniya avtoshou mehmonlarini “Yulduzlar jangi” olamiga taklif qiladi. Stendlar orasida ulkan “O‘lim yulduzi” paydo bo‘ladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Stendda yaratilgan kosmik stansiya yagona mavzuviy element emas. Nissan “raqamli oyna” — monitor ham o‘rnatadi. Monitorda odamlar o‘zini film qahramonlari obrazida ko‘ra oladi.

Shu bilan birga stendlarda “haqiqiy” shturmchilar, shuningdek, markaning ikkita maxsus mashinasi namoyish etiladi. Ular X-Wing Rogue konseptlari va Rogue krossoveri.

Shu qatorda kompaniya “Yulduzlar jangi”ga bag‘ishlangan Rogue’ning maxsus ko‘rinishini taqdim etadi. Model film elementlari bilan bezalgan birinchi rasmiy ko‘p sonli ishlab chiqariladigan avtomobil hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют