» » Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zbekistonliklardan Xitoyga, zarurat bo‘lmasa boshqa davlatlarga ham bormaslikni so‘radi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zbekistonliklardan Xitoyga, zarurat bo‘lmasa boshqa davlatlarga ham bormaslikni so‘radi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolardan koronavirus tufayli Xitoyga, zarurat bo‘lmasa boshqa xorijiy davlatlarga ham bormaslikni tavsiya qildi.

Koronavirus bo‘yicha yuzaga kelgan murakkab epidemik vaziyat dunyo miqyosida xavotirli tus olmoqda. Rivojlangan davlatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Vyetnam, Singapur, Tayvan, Fransiya va AQShda ham ushbu virus aniqlangan.

Ushbu epidemik vaziyatga qarshi yurtimizga kerakli barcha choralar ko‘rilmoqda. Xususan, havo, avtomobil va temir yo‘l transporti obyektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati kuchaytirilmoqda. Xitoydan qaytayotgan fuqarolarga tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Ammo bu xavfsizlikni to‘liq kafolatlaydi, degani emas. Negaki koronavirus infeksiyasi havo tomchilari orqali o‘tishi, insondan insonga yuqishi, shuningdek, kasallikning yashirin davri 1-14 kungacha kechishi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Shu bois fuqarolarimizdan Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qilaman.

Alisher Shodmonov, Sog‘liqni saqlash vaziri

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda mavsumiy gripp kasalligi va koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tizimli ravishda epidemik nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda respublikada koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligi kuzatilmoqda. Xitoydan va boshqa chet davlatlardan ushbu infeksiyaning kirib kelish holatlari qayd etilmadi.

O‘zbekistonda epidemik vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muayyan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unga asosan, vazirlik va hududlarda sohaning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda shtablar tashkil etilgan.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar uchun Virusologiya ilmiy tekshirish va epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutlari klinikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining yuqumli kasalliklar shifoxonalarida maxsus boks palatalari, ular uchun tegishli dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari hamda hududlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bosh vrachlariga chet davlatlarda kuzatilayotgan koronavirusning yangi turi bilan bog‘liq murakkab epidemik vaziyat bo‘yicha hushyorlikni oshirish va bu kasallikning respublika hududiga kirib kelishining oldini olish borasida chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida tavsiya va topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar zarurat bo‘lmagan hollarda Xitoyga o‘zbekistonlik sayyohlarni yubormaslik to‘g‘risida ham tavsiya berildi.

Avvalroq Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida har tomonlama takomillashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mavzuga doir: Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют