» » Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 mln dollar ajratdi

Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 mln dollar ajratdi


Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Xitoydagi yangi koronavirus bilan kurashish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z xayriya jamg‘armasidan besh million dollar ajratdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi ushbu masala bo‘yicha xitoylik hamkorlar — pnevmoniyani bartaraf etish faoliyatida ishtirok etadigan xususiy va jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Ajratilgan mablag‘lar infeksiyani yuqtirganlarni aniqlash, ularni karantin va davolash uchun joylashtirish va virusga qarshi emlashni jadal rivojlantirish uchun ishlatiladi.

“Biz ushbu kasallikning tarqalishidan chuqur tashvishdamiz va pnevmoniyaga qarshi kurashda birinchi o‘rinda turuvchi insonlarga samimiy hurmat bildiramiz”, — dedi Geyts jamg‘armasining Xitoy filiali direktori Li Ino.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xayriya tashkiloti Afrika mamlakatlariga qit’ada yangi turdagi pnevmoniya tarqalish xavfini nazorat qilish va minimallashtirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish uchun ham 5 million dollar ajratadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 80 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirusning birinchi tashuvchisi yovvoyi hayvonlar bo‘lgani e’lon qilindi.

Bugun, 27-yanvar kuni, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori koronavirusni muhokama qilish uchun Xitoyga yo‘l oldi.

AQShda ham koronavirus bilan kasallangan beshta holat aniqlandi. Fransiya va Yaponiya Uxan shahridan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют