» » Navoiy viloyatida YPX xodimiga 500 ming so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga tushdi

Navoiy viloyatida YPX xodimiga 500 ming so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga tushdi


Navoiy viloyatida avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarish uchun YPX inspektoriga 500 ming so‘m pora berishga uringan haydovchi qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-yanvar kuni soat 11:30 larda Qiziltepa tumani hududida avtoreyd tadbiri doirasida tumanning “Oq oltin” mahalla hududida joylashgan chorrahada harakatlanib kelayotgan fuqaro F.Q. boshqaruvidagi Damas avtomashinasi hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilgan.

Haydovchi F.Q.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirib, avtomashina Qiziltepa tumanida joylashgan “Kusharti avtoservis kafolat” MChJga qarashli avtomashinalarni to‘xtash jarima maydoniga joylashtirilgan.

F.Q. avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish va ma’muriy bayonnomani avtomashinaning egasini nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga YPX xodimiga 500 ming so‘m pora taklif qilgan. Inspektor bu holat noqonuniy ekanligini tushuntirgan bo‘lsa-da, pora taklif qilishda davom etgani sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida shu kuni soat 19:15 da avtomashinalar jarima maydonchasi binosida fuqaro F.Q. YPX inspektoriga 400 ming so‘m pora berayotganida tezkor tadbir qatnashchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют