» » O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchalarini joriy etish boshlandi

O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchalarini joriy etish boshlandi


O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek, amaldagilariga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YaMMT (Yagona milliy mehnat tizimi) idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YaMMT) bilan ishlash mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi qarorida belgilangan. Prezidentning 2019-yil 31-oktabrdagi qaroriga asosan esa 2020-yil 1-yanvardan yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek, amaldagilarga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YaMMTda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi belgilangan.

Qarorga ko‘ra, ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalarini 2020-yilning 1-sentabrga qadar YaMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi. U mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ma’lumotlarni kiritishda YaMMTda avtomatik tarzda shakllanadi.

Mehnat munosabatlarini YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar, shu jumladan, alohida tarkibiy tuzilmalar, xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir.

YaMMTni boshqarish direksiyasi tizimning operatori hisoblanadi. U tizimning ishlashini, undan foydalanishni ta’minlaydi, shuningdek, tashkiliy-texnik jihatlarini tartibga soladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют