» » Niderlandlar bosh vaziri hukumatning Xolokost davridagi harakatlari uchun yahudiylar jamoasidan uzr so‘radi

Niderlandlar bosh vaziri hukumatning Xolokost davridagi harakatlari uchun yahudiylar jamoasidan uzr so‘radi


Niderlandlar bosh vaziri Mark Ryutte Ikkinchi jahon urushi yillari Xolokost vaqtida mamlakat hukumatining harakatlari uchun yahudiylar jamoasidan uzr so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Hozir, bu qirg‘inlardan omon qolganlar hali oramizda ekanligida, bugungi hukumat nomidan o‘sha paytdagi hukumatning qilmishlari uchun kechirim so‘rayman”, — dedi Ryutte Niderlandda Xolokost qurbonlari xotirasi kunidagi chiqishida.

Ryuttega ko‘ra, “garchi hukumatda kichik qarshiliklar kuzatilgan bo‘lsa ham, niderlandlik aksar mansabdorlar nemis bosqinchilari talab qilgan ishlarni bajargan”.

Ma’lumot uchun, urush yillari niderlandlik 140 ming yahudiydan atigi 35 ming kishi tirik qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют