» » Naqadar go‘zal bu Istanbul! “Qashqirlar makoni”da Chaqir rolini ijro qilgan Oktay Kaynarja 55 yoshga to‘ldi

Naqadar go‘zal bu Istanbul! “Qashqirlar makoni”da Chaqir rolini ijro qilgan Oktay Kaynarja 55 yoshga to‘ldi


27-yanvar — o‘zbek teletomoshabinlariga “Qashqirlar makoni” serialida Chaqir roli bilan tanish bo‘lgan Oktay Kaynarjaning tug‘ilgan kuni. Aktyor 1965-yil Turkiyaning Malatya shahrida dunyoga kelgan. Oktayning otasi Germaniyada ishlagani sabab uning bolaligi onasi bilan o‘tgan. Litseyni tamomlagach, Fiat fabrikasida elektrchi bo‘lib ishlagan va shu bilan birgalikda, Konservatoriyaga kirish imtixonlariga tayyorlangan.

Oktayning professional aktyor sifatidagi ilk faoliyati Egey teatridagi “Devorning narigi tarafi” spektakli bo‘lgan. Keyinchalik aktyor bir qancha bolalar spektakllarida rol ijro qilgan. 1991-yilda Istanbul davlat konservatoriya universitetining, kino va teatr aktyorligi fakultetini tamomlagan. Talabalik davridayoq TRT1 kanalidagi seriallarga rol ijrosi uchun taklif qilingan. 1990—1997-yillar Oktay ko‘plab televizion shou va ko‘ngilochar dasturlarda suratga tushgan.

Universitetni tamomlagach, “Qondosh-qardosh” teatridagi rolidan so‘ng 1993—1994-yillarda “Ikkinchi darajali eng yaxshi teatr aktyori” deb topilgan. Kino sohasidagi “Sevgi filmlarining unutilmas rejissori”, “Qisqichbaqa savati”, “Bir ayol anatomiyasi” filmlaridagi turli rollari, “Oltin apelsin” kinofestivalida eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor deb topilishiga sabab bo‘lgan.

Nafaqat Turkiyada, balki, boshqa mamlakatlarda ham sevib tomosha qilingan “Qashqirlar makoni” serialidagi Sulaymon Chaqir ijrosi Oktayning  karyerasidagi eng muvaffaqiyatli rol bo‘lgan. Shundan keyin aktyorga turli shou va dasturlar, badiiy filmlarda ishtirok etish uchun tinimsiz takliflar kelib tushgan. 2007-yildan bugunga qadar u o‘ndan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.

Uning shaxsiy hayotiga nazar tashlansa, umr yo‘ldosh tanlashda injiq ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Negaki, matbuotda aktyor shaxsiy hayoti bilan bog‘liq xabarlar tarqalishi bilan oradan ko‘p o‘tmay munosabatlarga barham berilgani haqidagi mish-mishlarni kuzatish mumkin. 2008-yilda Oktay Ozgu Namal bilan 7 yillik munosabatlariga chek qo‘ygan. 2012-yilda esa Melek Uygun bilan turmush qurgan, lekin 2 yilga qolmay ajrashgan. 2015-yilda “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lmas” serialidagi bosh qahramon obrazini jonlantirgan va suratga olish jarayonida taniqli aktrisa Deniz Chaqir bilan o‘rtalarida iliq munosabatlar paydo bo‘lgan. Muxlislar yulduzli juftlikning munosabatlaridan xursandchiligi ko‘pga bormagan.

Quyida“Qashqirlar makoni” serialida Oktay Kaynarja tomonidan aytilgan iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют