» » TIV Uxandan O‘zbekistonga qaytgan talabalarga zudlikda SSV bilan bog‘lanishni tavsiya qildi

TIV Uxandan O‘zbekistonga qaytgan talabalarga zudlikda SSV bilan bog‘lanishni tavsiya qildi


Xitoyning koronavirus o‘chog‘iga aylangan Xubey provinsiyasida 166 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy asosda yashaydi. Yanvar oyida provinsiyaga 14 nafar o‘zbekistonlik kelgan. Bu haqda Xitoy Immigratsiya boshqarmasi bergan dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Shanxaydagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

26-yanvar, yakshanba kuni Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari Uxan shahri va Xubey provinsiyasining unga yaqin joylashgan boshqa shaharlarida istiqomat qiluvchilarning karantin hududidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni kuchaytirdi. Rasmiy idoralar virusni yuqtirganlar, ayniqsa, u yerda bo‘lib turgan xorijlik fuqarolar profilaktikasiga katta e’tibor qaratmoqda.

Elchixona Xitoyning tegishli hukumat idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, o‘zbekistonliklarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarga aholini sarosimaga soluvchi mish-mishlarni rad etuvchi videomateriallarni hamda zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha eslatmalarni joylashtirmoqda.

Hozirda Xitoy tomoni Uxan shahridan chet el, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgani yo‘q.

“Elchixona yanvar oyida Uxandan Vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan (+998909882330, direktor o‘rinbosari B.Qurbonov, +998972755074 bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon orqali bog‘lanishni qat’iyan tavsiya qiladi”, — deyiladi TIV xabarida.

Mavzuga doir: Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют