» » Janubiy Koreya Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun charter reysi jo‘natishi mumkin

Janubiy Koreya Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun charter reysi jo‘natishi mumkin


Janubiy Koreya koronavirus tarqalishi natijasida yuzaga kelgan pnevmoniya to‘lqini sababli Xitoyning Uxan shahridan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun charter reysini jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya bu masala yuzasidan Xitoy rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda Uxandagi koreyaliklarga yordam berishning turli yo‘llarini, xususan, charter reysini jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Yonhap agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Uxanda Janubiy Koreyaning 500—600 nafar fuqarosi bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Fransiya va Yaponiya Uxandagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalar Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olmayotganini, TIV rahbari Abdulaziz Komilov esa Uxandagi vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelinishini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar, yakshanba kuni esa Xitoydagi talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilib, aeroportning o‘zida jiddiy tekshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus qurbonlari soni 80 kishiga yetdi. Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi, bu va yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni “murakkab” deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют