» » Koronavirus jo‘natmalar orqali yuqmasligi ma’lum qilindi

Koronavirus jo‘natmalar orqali yuqmasligi ma’lum qilindi


Yangi koronavirus tarqalgan Xitoydan kelgan jo‘natmalar xavfsiz hisoblanadi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Kasallik 2019-yilning dekabr oyi oxirida Xitoyda tarqalishni boshladi. Bugungi kunga kelib kasallikdan 80 kishi vafot etdi, 2700 dan ortiq kishi bu kasallikka chalingani qayd etilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, virus 40 darajadan ortiq issiqqa chiday olmaydi va atrof-muhitda uzoq vaqt tura olmaydi. Ma’lum qilinishicha, kasallikning buyumlar va jo‘natmalar orqali yuqish holati qayd etilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Rospotrebnadzor” koronavirus mavjudligi gumon qilingan 100 dan ortiq kishini aniqlagan, ularning birortasida ham koronavirus tashxisi tasdiqlanmagan. Rossiyada kasallikni aniqlash uchun ikkita sinov tizimidan foydalanilmoqda. Ayni paytga qadar Rossiyada kasallik bilan zararlanish holatlari qayd etilmagan.

Ekspertlarning fikricha, Xitoyda tarqalgan koronavirusning birinchi tashuvchisi yovvoyi hayvonlar bo‘lishi mumkin. Virusning tarqalish o‘chog‘i Uxan shahridagi bozor — yovvoyi hayvonlardan pishirilgan taomlar sotiladigan joy hisoblanadi.

Xitoy fuqarolari 30-yanvarga qadar yangi turdagi koronavirusning asosiy o‘chog‘iga aylangan Uxan shahrining chegarasini kirish maqsadida ham, chiqish maqsadida ham kesib o‘ta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar, shanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Vatanga qaytarilishini ma’lum qilgan. Undan avval Xitoyda bo‘lib turgan va u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgan, so‘ngra SSV chegarada sanitar nazorat kuchaytirilganini bildirgan, TIV fuqarolarni xavfli o‘tkir respirator virus yuqtirish xavfidan yana ogohlantirgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-yanvar, payshanba kuni o‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘qligini xabar qilgan. 24-yanvar, juma kuni TIV koronavirus tarqalgan Xitoyning Uxan shahrida 30 nafar o‘zbekistonlik borligi va ularning aksariyati talabalar ekani haqida ma’lumot bergan. 27-dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘zbekistonliklardan Xitoyga, zarurat bo‘lmasa boshqa davlatlarga ham bormaslikni so‘radi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Jizzaxda koronavirus tarqalgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.

Mavzuga doir:

Xitoyda tarqalgan koronavirus haqida bilish zarur bo‘lgan ma’lumotlar

TIV Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning ilk alomatlari ma’lum qilindi

Xitoyda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklardan koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslik so‘raldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют