» » O‘zbekistonda daromadlarning o‘sish sur’ati mehnat unumdorligidan oshdi

O‘zbekistonda daromadlarning o‘sish sur’ati mehnat unumdorligidan oshdi


2019-yil O‘zbekistonda aholining real daromadlari mehnat unumdorligidan 2 foizga o‘sgan, deyiladi Markaziy bank sharhida.

2019-yil 1-oktabr holatiga iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga o‘sdi va 13,6 million kishini tashkil etdi.

Shu bilan birga, bir qator tarmoqlarda bandlikning o‘sishi umumiy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ldi. Xususan, bandlikning o‘sishi savdo sohasida 5,1 foizni, ta’lim sohasida 3,8 foizni, sog‘liqni saqlash va transport sohasida 3,7 foizni va qurilish sohasida 3 foizni tashkil qildi.

Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida bandlikning o‘sishi pastroq bo‘ldi hamda mos ravishda 0,7 foiz va 1,3 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotda ish haqi dinamikasining tahlili uning ishlab chiqarish sohasiga (tradable goods) nisbatan xizmatlar sohasida (nontradable goods) tezroq o‘sayotganligini ko‘rsatadi.

2019-yil yanvar—sentabr oylarida o‘rtacha ish haqining o‘sishi sanoat sohasida 22,9 foizgacha, qurilishda 23 foizgacha sekinlashgan bo‘lsa, ko‘plab xizmat ko‘rsatish sohalarida, aksincha, tezlashishi kuzatilgan. Xususan, savdo sohasida o‘rtacha ish haqi 33,6 foizga, yashash va umumiy ovqatlanish sohasida — 39,7 foizga, bank va moliyaviy xizmatlarda — 36,5 foizga, ta’lim sohasida — 37,2 foizga, sog‘liqni saqlashda — 37,7 foizga oshdi.

2019-yil yozida iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev mehnat unumdorligini oshirmasdan turib, maoshlarni ko‘tarish iqtisodiyotda salbiy oqibatlar keltirib chiqarishini bildirgan.

“Taqqoslash uchun, AQShda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi bir odam uchun 96 ming dollarga teng. O‘zbekistonda bu raqam taxminan 4—5 ming dollar”, — degandi vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют