» » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi


Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi. Bu haqda, Xitoy rasmiylariga tayanib, AFP xabar bermoqda.

Xubey viloyatining sog‘liqni saqlash komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, virusdan yana 24 kishi vafot etgan, 1291 kishi esa kasallikni yuqtirib olgan. Hozirda butun Xitoy bo‘yicha koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 4 mingdan oshib ketgan.

Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют