» » O‘zbekistonda bank tizimiga ishonch ortgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda bank tizimiga ishonch ortgani ma’lum qilindi


Bank tizimidagi depozitlarning dollarlashuv darajasining pasayishi va so‘mdagi depozitlar o‘sishining tezlashishi kuzatildi. 2019-yil davomida milliy valyutadagi depozitlarning umumiy pul massasidagi ulushi 38,6 foizdan 42,2 foizgacha ko‘paydi. Xorijiy valyutadagi depozitlarning ulushi esa dastlabki ikki oyda 34,8 foizgacha oshgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar 31,2 foizgacha pasaydi, deyiladi Markaziy bank sharhida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil avgustda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi (9,0%) aholining jamg‘arish kayfiyatiga ta’sir o‘tkazgan va natijada milliy valyutadagi depozitlarning yillik o‘sishi 4,3 foiz bandga sekinlashgan (62,5 foizdan 58,2 foizgacha).

2019-yilning avgust oyida xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar o‘sish sur’ati 5,1 foiz bandga tezlashdi (31,8 foizdan 36,9 foizgacha). Sentabr—dekabr davomida milliy valyuta kursining barqaror bo‘lishi xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar o‘sish sur’atining ikki barobarga (36,9 foizdan 18,4 foizgacha) pasayishiga xizmat qildi.

Foiz stavkalari

2019-yil oxiridada jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi sentabr oyidagi 18,2 foizdan, dekabr oyiga kelib 19,7 foizgacha o‘sdi.

Milliy valyutadagi muddatli depozitlarning tarkibi va daromadliligi tahlili, depozitlarning muddati ortishi bilan o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari ham oshib borayotganligi ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, uzoqroq muddatli pul resurslariga bo‘lgan talabning yuqoriligi bilan izohlanib, banklar o‘rtasida uzoq muddatli omonatlarni jalb qilish bo‘yicha raqobatning kuchayayotganligidan dalolat beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют