» » “Yuventus” futbolchisi “Borussiya D”ga o‘tadi

“Yuventus” futbolchisi “Borussiya D”ga o‘tadi


Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Dortmundning “Borussiya”sida davom ettiradi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skira xabar berdi.

“Borussiya” turinliklar bilan 26 yoshli futbolchi transferini deyarli hal etgan. “Yuventus” ushbu transferdan 23 million yevro ishlab oladi. Qayd etilishicha, tomonlar muzokaralarning hal qiluvchi bosqichida turibdi.

Dortmundliklar Jan bilan 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan bitim tuzadi. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasida sakkizta o‘yin o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Emre Jan vaqtida “Liverpul”dan erkin agent sifatida “Yuventus” safiga kelib qo‘shilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют