» » Jizzaxda Madaniyat markazi boshlig‘i ishlamagan 18 nafar xodimga oylik yozib, qariyb 270 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Jizzaxda Madaniyat markazi boshlig‘i ishlamagan 18 nafar xodimga oylik yozib, qariyb 270 mln so‘mni o‘zlashtirdi


Jizzaxda Madaniyat markazi boshlig‘i amalda ishlamagan 18 nafar xodimga oylik hisoblab, jami 266,9 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Madaniyat markazi boshlig‘i M.E. va boshqalar hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali markazda haqiqatda ishlamagan 18 nafar fuqarolarga ish haqi hisoblab kelgan.

Shuningdek, ishchi xodimlarning to‘lov qaydnomalaridagi imzolarini qalbakilashtirib, jami 266,9 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.E. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют