» » KXDR Xitoydan kelgan xorijliklar uchun bir oy muddatli karantin joriy etdi

KXDR Xitoydan kelgan xorijliklar uchun bir oy muddatli karantin joriy etdi


KXDR hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida Xitoydan kelgan xorijliklarni bir oy muddatga karantinga joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“28-yanvardan boshlab Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasi KXDR TIV depatamentidan koronavirus tarqalishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi notani oldi.

Barcha chet elliklar, shu jumladan, KXDRda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar xodimlari va KXDRga Xitoydan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki Rossiya orqali tranzit bilan keladigan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlari izolyatsiya qilinadi va bir oy davomida tibbiy nazoratda bo‘lishadi”, — deyiladi xabarda.

KXDRga samolyotda kelgan mehmonlar Janubiy Pxyonan provinsiyasidagi Pxyoson shahriga joylashtiriladi. Chegaradan Siniychju o‘tkazish punkti orqali poyezd yoki avtomobilda o‘tgan fuqarolar Shimoliy Pxyonandagi Siniychju shahriga joylashadi.

“Protokol departamenti ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar KXDRdagi akkriditatsiyadan o‘tgan xodimlarning xavfsizligi va himoyasiga yo‘naltirilganiga e’tibor qaratishlarini ma’lum qiladi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi, bu va yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni murakkab, deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют