» » “Seul” Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Aliboyev chiroyli gol urdi (video)

“Seul” Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Aliboyev chiroyli gol urdi (video)


Osiyo Chempionlar Ligasining uchinchi saralash bosqichida Janubiy Koreyaning “Seul” va Malayziyaning “Kedah” jamoalari 28-yanvar, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Renan Alves o‘z jarima maydoni ichida qo‘l bilan harakat qilgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltini Park Chu Yon aniq amalga oshirdi. 49-daqiqada koreyaliklar Park Don Jinning aniq zarbasidan keyin ikkinchi gol urdi.

Oradan ko‘p o‘tmay “Seul” legioneri Osmar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 63-daqiqada Osmar maydon egalarining uchinchi golini urib, o‘z xatosini to‘g‘irladi. O‘yinga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa “Seul” Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi va “Beyjing”, “Chiangrai Yunayted”, “Melburn Viktori” kabi jamoalar bilan bahs olib boradi.

OChL—2020

Uchinchi saralash bosqichi

28-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 — 39, penalti Park Chu Yon, 2:0 — 49 Park Don Jin, 2:1 — 52, avtogol Osmar, 3:1 — 63 Osmar, 4:1 — 90+2 Aliboyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют