» » Germaniya va Yaponiyada Xitoyga bormaganlarning ham koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

Germaniya va Yaponiyada Xitoyga bormaganlarning ham koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi


Yaponiyada Xitoyning Uxan shahridan bo‘lgan sayyohlarni tashiyotgan avtobus haydovchisi koronavirusning yangi turi bilan kasallangani aniqlandi. Meduza’ning Kyodo News’ga tayanib yozishicha, bu mamlakatda virus bilan zararlanishning Xitoyga borish bilan bog‘liq bo‘lmagan birinchi holatdir.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vaziri Katsunobu Katoning aytishicha, haydovchi yanvar oyi boshida yangi virus tarqalgan Uxan shahridan bo‘lgan xitoylik sayyohlar guruhini tashigan.

Qayd etilishicha, Yaponiyada umumiy hisobda 6 kishi koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan bo‘lib, ularning 5 nafari Xitoyga borib kelganidan so‘ng kasallangan.

Germaniyada ham koronavirus bilan kasallanishning ilk holati tasdiqlandi. Bavariyaning Shtarnberg okrugida yashovchi 33 yoshli kishi o‘tgan haftada Xitoydan kelib ketgan hamkasbi bilan gaplashganidan so‘ng virus yuqtirib olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli yuzaga kelgan pnevmoniyadan 106 kishi vafot etdi, 4500 dan ortiq kishi kasallandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 23-yanvar, payshanba kuni ushbu virus odamdan odamga o‘tishini ma’lum qilgan, faqat bu qanchalik tez amalga oshishi hozircha noma’lum. Tashkilot, shuningdek, koronavirusning global xavfini baholash bilan bog‘liq hujjatlarda xatoga yo‘l qo‘yilganini va u qayd etilganidek o‘rtacha emas, yuqori ekanini tan olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют