» » Andijonda IIB xodimlari bozordagi sotuvchi va qassoblarning 350 dan ortiq pichog‘ini to‘mtoqlashtirdi

Andijonda IIB xodimlari bozordagi sotuvchi va qassoblarning 350 dan ortiq pichog‘ini to‘mtoqlashtirdi


Andijonda “Tig‘” profilaktik tadbirlari doirasida 350 dan ortiq pichoqlar to‘mtoqlashtirildi, deb xabar berdi Andijon viloyati IIB axborot xizmati.

Viloyat IIB xodimlari Andijon shahri “Yorboshi” MFYda joylashgan “Jahon buyum bozori” hududiga xizmatga biriktirilgan xodimlar bozor, savdo majmualarida o‘tkir tig‘li jismlar orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntiruv ishlarini olib bormoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida bozorlarda ochiq muomalada bo‘lgan va kasb-koriga ko‘ra tig‘li buyumlarni to‘mtoq holda foydalanishi mumkin bo‘lgan 350 dan ortiq pichoqlarning uchlari to‘mtoq holatga keltirildi, deyiladi xabarda.

Xuddi shu kabi profilaktik tushuntiruv ishlari Andijon shahrining “Bobur” MFY hududida joylashgan “Eski shahar dehqon bozori” hududida ham o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li jismlar to‘mtoq holatga keltirilyapti.

Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan “Tun” tadbirlari davomida bemaqsad yurgan shaxslarning yonidan 18 ta tig‘li buyum olindi. Jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют