» » Shavkat Mirziyoyev “ochiq osmon” rejimi joriy etilgan aeroportlarga shu vaqtgacha birorta aviakompaniya jalb etilmaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev “ochiq osmon” rejimi joriy etilgan aeroportlarga shu vaqtgacha birorta aviakompaniya jalb etilmaganini tanqid qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar, seshanba kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda, xususan, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi holat ham tanqid qilingan.

“Milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shuningdek, 2019-yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi, ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmadi.

“Bu holat yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga, boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanishiga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Shu bois yig‘ilishda Jahon bankining tavsiyalari asosida sohada olib borilayotgan islohotlarni to‘liq yakuniga yetkazish va raqobat muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilangan.

“Yangi aviakompaniyalar faoliyati uchun sharoit yaratish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi”, — deya qo‘shimcha qilingan rasmiy axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют