» » O‘rta Chirchiqdagi korxona rahbari qolipli non ishlab chiqarish uchun imtiyozli narxlarda xarid qilingan unni sotib yuborgani aniqlandi

O‘rta Chirchiqdagi korxona rahbari qolipli non ishlab chiqarish uchun imtiyozli narxlarda xarid qilingan unni sotib yuborgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi va DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.Non” va “R.Non” MCHJlarining sobiq rahbari M.A. 2018—2019-yillarda aholining qolipli nonga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida jami 3,5 milliard so‘mlik 2 276,8 tonna un mahsulotini imtiyozli narxlarda xarid qilgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Biroq u amalda qolipli non ishlab chiqarmasdan un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan. Shuningdek, 248,3 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют