» » Markaziy bank: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlar ichki omillar bilan bog‘liq

Markaziy bank: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlar ichki omillar bilan bog‘liq


O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlar ichki omillar bilan bog‘liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhi shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.

Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tiklanmoqda (2019-yildagi 2 foiz o‘rniga 2,6 foiz), neft narxi prognozi bir barreli uchun 60—62 dollar atrofida saqlanib qolmoqda, ayrim davlatlarda budjet qoidalari qo‘llanmoqda.

Buni inobatga olgan holda, mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun tashqi omillar tomonidan xatar ehtimoli yuqori emas.

Biroq mavhumliklar baribir saqlanib qolyapti. Jumladan, asosiy savdo sheriklari, xususan, Xitoy iqtisodiyotining 2020-yildashi o‘sish prognozi zaif va noaniq qolmoqda.

Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishi uning so‘rovi dinamikasi zaiflashuvini aks etadi. Bu esa asosiy eksport tovarlari, jumladan, qora va rangli metallar narxlari pasayishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekistonda 2020-yili iqtisodiy vaziyat rivojiga asosan ichki omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi tafovut qisqarishi kutilmoqda. Bu uning tanqisligi ko‘rsatkichini ikki baravardan ko‘proq, 2019-yildagi 7,7 trillion so‘mdan (YaIMning 1,5 foizi) 2020-yildagi 3,4 trillion so‘mgacha (YaIMning 0,5 foizi) qisqartirish imkonini beradi.

Umumiy fiskal balans taqchilligi 2019-yildagi YaIMning 3,9 foizidan 2020-yildagi YaIMning 2,7 foizigacha tushishi taxmin qilinmoqda. Bu esa iqtisodiyotga nisbatan kamroq inflyatsiya bosimini o‘tkazadi.

Buning fonida 2020-yilda aholi daromadlari, jumladan, ish haqi o‘rtacha darajasining mo‘tadil o‘sishi kutilmoqda (davlat sektorida kutilayotgan o‘sish — 14,4 foiz).

Yuqorida sanab o‘tilgan tashqi va ichki omillarni hisobga olib, Markaziy bank 2020-yilda iqtisodiy o‘sish 5,2—5,5 foiz atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют