» » Xitoyning Uxan shahri meri koronavirus tarqalgani sababli iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda

Xitoyning Uxan shahri meri koronavirus tarqalgani sababli iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda


Xitoyning Uxan shahri meri Chjou Syanvan mahalliy aholi oldida o‘z aybiga iqror ekanligi belgisi sifatida o‘z lavozimidan iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda. Uxan yangi turdagi koronavirus tarqalishining asosiy o‘chog‘iga aylandi, deb yozmoqda “Kommersant”.

“Agar bu virus tarqalishining oldini olishga yordam bersa, men iste’foga chiqishni va shu tarzda kechirim so‘rashni istayman”, — dedi shahar meri Markaziy Xitoy televideniyesiga bergan intervyusida.

Avvalroq, epidemiya tarqalishi munosabati bilan mahalliy hokimiyat shaharni yopishga qaror qilgan edi. Shahar merining ma’lum qilishicha, bunday qaror insoniyat tarixida birinchi marta qabul qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yopilish qarori haqiqatan ham qattiq chora edi.

Shu bilan birga, Chjou Syanvan shahar yopilganda barcha choralar kerakli darajada ko‘rilmaganligini tan oldi. “Biz kuzatuv ostidagi yoki karantin ostida bo‘lganlarni bepul mahsulotlar, tayyor ovqat va tibbiy xizmat bilan ta’minlaymiz. Biroq, ushbu choralarning ba’zilari hanuzgacha mukammal emas”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq, JSST mazkur epidemiya yuqori darajada xavfli ekanligini ma’lum qilgan edi.

Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi. Xitoyda koronavirusni davolash 1—2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda, xususan Germaniyada ham xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan.

AQSh va Yaponiya Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa Xitoy hozirda chet el fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotgani haqida xabar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют