» » Hindistonda yangiliklar muxbiri jonli efirda turmush o‘rtog‘ining halokati haqida xabar berdi

Hindistonda yangiliklar muxbiri jonli efirda turmush o‘rtog‘ining halokati haqida xabar berdi


IBC24 telekanalining 28 yoshli muxbiri Suprit Kaur jonli efirda turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan avtohalokat haqida ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Muxbir ayol avtohalokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va ikki kishi jarohat olganini aytayotgan vaqtida gap turmush o‘rtog‘i haqida ketayotganini bilmagan.

Keyinroq telekanalning boshqa bir muxbiri efirga bog‘lanib, halokat Renault Duster avtomobili bilan Chattisgarx shtatining Maxasamund tumanida sodir bo‘lganini aytganida, Kaur fojia shunday avtomobilda yuruvchi turmush o‘rtog‘i bilan sodir bo‘lganligini taxmin qilgan.

Efirdan so‘ng Kaur muxbirga qo‘ng‘iroq qilib, jarohat olganlarning kimligini aniqladi: shu vaqt u halok bo‘lgan uch kishidan biri turmush o‘rtog‘i ekanligini eshitib, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.

Kaur va Xarsad Kavade bundan bir yil oldin turmush qurgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют