» » Eron tomonidan berilgan aviazarbalar oqibatida jabrlangan amerikalik harbiylar soni 50 kishiga yetdi

Eron tomonidan berilgan aviazarbalar oqibatida jabrlangan amerikalik harbiylar soni 50 kishiga yetdi


8-yanvar kuni Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga uyushtirilgan raketa zarbalari oqibatida jabrlanganlar soni 50 kishiga yetgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili polkovnik Tomas Kempbellga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Dastlab Amerika hukumati raketa zarbalari oqibatida hech kim jarohat olmagani haqida xabar qilgandi. Keyinroq AQSh Mudofaa vazirligi 11 kishi jarohatlanganini e’lon qildi. 24-yanvar kuni esa ularning soni 34 kishiga yetdi.

“Hozirda amerikalik harbiy xizmatchilarning 50 nafariga miya-bosh jarohati tashxisi qo‘yilgan”, — deydi Kempbell. U mazkur raqamlar hali o‘zgarishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir: 

AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8-yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalarini berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют