» » Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi

Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi


Xitoyda faoliyat yurituvchi AQSh va Yevropa yetakchi kompaniyalari koronavirus infeksiyasi epidemiyasiga qarshi kurashda moliyaviy yordam berishni boshladi. “Kommersant”ning Financial Times’ga asoslanib xabar berishicha, mamlakatda faoliyat yuritayotgan ko‘p millatli korporatsiyalar infeksiyaga qarshi kurashayotgan tashkilotlarga jami 10 million yuan (taxminan 1,4 million dollar) yuborishga va’da berdi.

Xususan, Dell virusga qarshi kurashish uchun 2 million yuanni berishni va’da qildi, Cargill korporatsiyasi ham xuddi shuncha pulni Xitoy Qizil Xochga o‘tkazadi. Microsoft 1 million yuan miqdorida yordam ko‘rsatmoqchi. Kompaniya bu pullar Uxan va Xubey provinsiyasida qutqaruv operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga hamda tibbiy buyumlar va birinchi darajali zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlashga sarflanishini ta’kidlab, mablag‘larning aniq oluvchisini ko‘rsatmagan.

Bill Geyts va Melinda Geyts fondi esa Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga kompaniyadan alohida ravishda 5 million dollar ajratdi.

Mavzuga doir: Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 mln dollar ajratdi

Shuningdek, PepsiCo, Procter & Gamble, Yevropa kompaniyalari orasidan esa Michelin, Bayer va L’Oreal kompaniyalari koronavirusga qarshi kurashda yordam berishni va’da qilgan.

Amerika va Yevropa kompaniyalari ko‘rsatayotgan yordam miqdori xitoylik korporatsiyalar tomonidan (Tencent, Alibaba, Lenovo, Xiaomi va boshqalar pul yoki tibbiy materiallar bilan yordam berishini aytgan) taqdim etilgan yordamdan sezilarli darajada yuqori ekanligi ta’kidlamoqda. Shunga qaramay Financial Times’ning qayd etishicha, bunday yordam hatto savdo urushi sharoitida ham korporatsiyalarning Xitoyga qanchalik yon bosishini aks ettiradi.

Mavzuga doir: Koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 ming kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют