» » Starbucks koronavirus sabab Xitoydagi 2 mingdan ortiq qahvaxonalarini yopdi

Starbucks koronavirus sabab Xitoydagi 2 mingdan ortiq qahvaxonalarini yopdi


Starbucks kompaniyasi koronavirus sabab Xitoydagi ikki mingdan ortiq qahvaxonalarini vaqtincha yopishga qaror qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

Ta’kidlanishicha, butun Xitoy bo‘ylab to‘rt mingdan ortiq Starbucks qahvaxonalari mavjud. Kompaniya uchun Xitoy kattaligi bo‘yicha AQShdan keyingi bozor hisoblanadi.

Starbucks’ning ma’lum qilishicha, kompaniyaning ko‘radigan zararini baholay olmaydi, biroq koronavirus ikkinchi chorak va yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy daromadga “sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”.

Mavzuga doir: Toshkentda Starbucks qahvaxonalari ochilishi mumkin

Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi, bu va yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni murakkab deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Uxandagi o‘zbekistonlik talabalar “albatta olib kelinishi”, bu borada Xitoy rasmiylari bilan ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar kuni esa Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi qaytarilgani ma’lum bo‘ldi, ular Toshkent aeroportining o‘zida jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют