» » Fotogalereya: Best of the Best g‘oliblari

Fotogalereya: Best of the Best g‘oliblari


Ishlab chiqarish dizayni sohasidagi nufuzli mukofot Red Dot Design Award g‘oliblari e’lon qilindi. Har yili o‘tkaziladigan xalqaro konkursning bosh mukofoti yetakchi inqilobiy dizayn, shuningdek, innovatsion, yuqori samaradorlik, ergonomika va ekologik tozalik uchun taqdim etiladi. Bu yil transport kategoriyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa to‘rtta avtomobil va bitta mototsikl loyiq deb topildi. “Motor” g‘oliblar fotojamlanmasini taqdim etdi.

Best of the Best’ning mukofotlaridan biri qattiq yig‘iluvchan tomli Mazda MX-5 RF rodsteriga nasib etdi. Xuddi shu model 2015-yilda yumshoq tom bilan tanlov g‘olibiga aylangan edi.

Qattiq tomli rodster 2016-yilda Nyu-York avtosalonida namoyish etilgan. Tomni 10 km/soat tezlikda 13 soniyada yig‘ish mumkin. Yangi model 1,5 litr sig‘imli 141 ot kuchiga va 2 litr sig‘imli 182 ot kuchiga ega dvigatellar bilan jihozlangan.

To‘qqiz nusxada yaratilgan eksklyuziv superkar italyan ishlab chiqaruvchisining yapon bozoriga kirganligining 50 yilligi sharafiga yaratilgan. Mashina 488 Spider asosida yaratilgan, biroq undan butunlay yangi kuzov bilan ajralib turadi.

Superkar 3,9 litr sig‘imli sakkiz silindrli 690 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Taxminan, uch soniyada 100 km/soat, 8,7 soniyada 200 km/soat tezlikka erishadi.

Audi’ning Q3 modelidan qariyb 20 santimetrga qisqa bo‘lgan eng kichkina krossoveri ham mukofotga loyiq topildi. Mashina tag qismining yerdan balandligi 200 mm, vazni esa 1205 kilogrammni tashkil qiladi.

Sportspace konsepti uslubida yaratilgan avtomobil 553 litr hajmli yukxonaga ega. Mashina uchun 1,7 litr sig‘imli 141 ot kuchiga ega dizel, ikki litr sig‘imli 163 ot kuchiga ega benzin va 145 ot kuchiga ega turbinali dvigatelni buyurtma qilish mumkin.

115 ot kuchiga ega mototsikl alyuminli shassi, 847 kub santimetrli uch silindrli dvigatelga hamda olti darajali tezlik uzatish qutisiga ega.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют