» » BAAda ilk koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

BAAda ilk koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi


Birlashgan Arab Amirliklarida ilk marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallik Xitoyning Uxan shahridan qaytgan oilada aniqlangan.

“Kasallanganlarning ahvoli barqaror, ular tibbiy nazorat ostida”, — deyiladi xabarda.

Mamlakat shifokorlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilganini aytgan.

Butun mamlakat bo‘ylab epidemiologik tekshiruv markazlari kasallikning yangi holatlari haqida o‘z vaqtida xabardor qilish uchun ish olib bormoqda.

Avvalroq Germaniya, AQSh va Yaponiyada ham koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют