» » “Ahmadboy ishi” bo‘yicha navbatdagi sud majlisi boshlandi

“Ahmadboy ishi” bo‘yicha navbatdagi sud majlisi boshlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev (Ahmadboy) va yana 16 kishiga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X. Shermuhammedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.

Keyingi sud majlisi 30-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq “Ahmadboy ishi” bo‘yicha jabrlanganlarga pullarini qisman qaytarish boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Ahmadboy ishi” bo‘yicha jabrlanganlarga pullarini qisman qaytarish boshlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют