» » Saddam Husaynning haykali qulatilganiga 14 yil bo‘ldi (video)

Saddam Husaynning haykali qulatilganiga 14 yil bo‘ldi (video)


Bundan 14 yil avval, 2003-yil 9-aprel kuni AQSh armiyasi Bag‘dodga kirib, iroqliklar bilan birga al-Firdavs maydonidagi Saddam Husayn haykalini qulatgan edi, deb xabar beradi TJournal.

Husaynning mototsikllarini tuzatgan Qadim al-Jaburi oradan 13 yil o‘tib, 2003-yil aprel voqealari haqida gapirib berdi.

Al-Jaburi oilasidagi 15 kishidan 14 nafari Husayn rejimida jazolangan, Jaburining o‘zi Saddam Husaynning g‘azabiga uchragach esa, u bir yarim yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Saddam Husaynning haykali buzilayotgan vaqtda Qadim asabiy holatda katta bolg‘a bilan haykalning asosiga urgan. U harbiyga AQSh bayrog‘ining o‘rniga osib qo‘yishi uchun Iroq bayrog‘ini bergan.

Keyinroq 2016-yil Qadim al-Jaburi Jorj Bush va Toni Bler yolg‘onchi bo‘lganini, ular Iroqni qayta tiklash o‘rniga yer bilan bir qilganini aytgan edi.

Опубликовано: admin (9-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют