» » Artel oshxona plitalari: tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

Artel oshxona plitalari: tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?


Bugungi kunda oshxona plitalari assortimenti o‘ta keng. Ularning xilma-xil funksiyalari esa taom tayyorlashni yanada qulaylashtirdi. Ammo aytish lozimki, aynan funksiyalarning ko‘pligi tufayli, xonadon uchun oshxona plitasini tanlash ancha qiyinlashdi. Aynan Sizga mos bo‘lgan oshxona plitasi nimalarga qodir bo‘lishi lozim, zamonaviy plitalarning qanday turlari borligini bilasizmi? Bularning barchasini Artel kompaniyasi tomonidan maxsus tayyorlangan ushbu maqolamizda bilib olishingiz mumkin.

Apetito, Comarella va Milagro

Isitish manbasidan kelib chiqqan holda Artel oshxona plitalari uch turga bo‘linadi: Apetito – gaz plitalari, Comarella – elektr plitalari va Milagro – kombinatsiyalashtirilgan plitalar.

Zamonaviy Artel gaz plitalari turli taomlarni tayyorlashda yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. Artel oshxona plitalari yordamida Siz mazali sho‘rvadan boshlab hatto gril va shashlik kabi taomlarni xonadonda tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Gaz plitalarining asosiy afzalliklari:

Gaz plitalariga qaraganda elektr plitalarini xush ko‘rsangiz, Artel elektr plitalariga e’tiboringizni qarating. Ularning asosiy afzalliklari:

Taom tayorlashda ham gaz ham elektr konforkalardan foydalanishni xush ko‘rsangiz e’tiboringizni kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalariga qarating. Masalan Artel Milagro 02-K plitasining pishirish yuzasi 3 ta gaz va 1 elektr konforkadan tashkil topgan. Uning duxovkasida esa elektr TEN hamda gaz gorelkasi mavjud. Kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalari deyarli har qanday taom tayyorlash uchun a’lo darajada to‘g‘ri keladi.

Funksionallik

Gaz-nazorati funksiyasi

Gaz-nazorati funksiyasi Sizning va oilangiz xavfsizligi uchun yaratilgan. Agar olov behosdan o‘chib qolsa, Artel oshxona plitasi gazni avtomatik holda o‘chiradi. Aytish lozimki, gaz-nazorati funksiyasi barcha Artel gaz plitalarida o‘rnatilgan.

Elektr o‘t oldirgich.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida Artel oshxona plitalarida elektr o‘t oldirgichi o‘rnatilgan. Endilikda taom tayyorlash uchun sizga gugurt yoki o‘t oldirgichlar umuman shart emas. Elektr o‘t oldirgichi funksiyasi plitaning modelidan kelib chiqqan holda maxsus tugma yoki dastakda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Gril funksiyasi

Xonadonda mazali shashlik pishirmoqchimisiz? Artel oshxona plitalari bilan bu hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi! Gril funksiyasi plita duxovkasining tepa qismida o‘rnatilgan maxsus TEN yordamida ishga tushiriladi. Gril funksiyasi bilan Siz o‘ta mazali go‘shtlik taomlar tayyorlab oila a’zolaringizni xursand qilishingiz mumkin.

Konveksiya

Artel Apetito 04-E konveksiya nomli qulay funksiyaga ega. Duxovkaning ortki qismida o‘rnatilgan maxsus ventilyator issiq havoni har tomonga bir maromda taratadi. Har tomondan bir xil qizitilgan go‘sht bir maromda pishadi va ajoyib, mazali tamga ega bo‘ladi. Konveksiya yordamida shirin beze, yoki tilingizda eriydigan pirojnoye tayyorlasa bo‘ladi.

Siz nafaqat mazali va to‘yimli taomdan, balki uni pishirishdan ham lazzatlanish mumkin ekanligini bilarmidingiz? Artel oshxona plitalari bilan taom tayyorlashdan rohatlaning.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют